Mavzu : Chizma geometriya masalalarni yechishda texnik vositalar va pedagogik texnologiyalardan foydalanish BAJARDI: G.HAMROYEVA ILMIY RAHBAR:

Slides:



Advertisements
Παρόμοιες παρουσιάσεις
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI EKOLOGIYA.
Advertisements

ΜΕΤΑΛΛΕΥΤΙΚΗ ΝΟΜΟΘΕΣΙΑ ΔΙΑΧΕΙΡΙΣΗΚΑΙ ΑΞΙΟΠΟΙΗΣΗ ΜΕΤΑΛΛΕΥΜΑΤΩΝ Τζίμας Σπύρος Μηχανικός Μεταλλείων – Μεταλλουργός ΕΜΠ.
ΤΜΗΜΑ ΑΝΑΤΟΛΙΚΗΣ ΣΤΕΡΕΑΣ Το Τεχνικό Επιμελητήριο Ελλάδας (ΤΕΕ) ιδρύθηκε το 1923, είναι Νομικό Πρόσωπο Δημοσίου Δικαίου με αιρετή Διοίκηση. Κατά τους κανόνες.
c¸c thÇy c« gi¸o vÒ dù héi gi¶ng côm
ΣΥΣΤΑΣΗ - ΣΥΓΚΡΟΤΗΣΗ ΑΥΤΟΔΙΟΙΚΗΣΗΣ ΚΑΙ ΑΠΟΚΕΝΤΡΩΜΕΝΗΣ ΔΙΟΙΚΗΣΗΣ Οι δήμοι και οι περιφέρειες συγκροτούν τον πρώτο και δεύτερο βαθμό τοπικής αυτοδιοίκησης.
Eπίκτητες διαταραχές πήξης ΙΙ Μ.Καρακάντζα. Eπίκτητες διαταραχές πήξης Έλλειψη βιταμίνης Κ Ηπατοπάθεια Διάχυτη ενδαγγειακή πήξη Μικροαγγειοπαθητικές αιμολυτικές.
12-ma’ruza. Taqsimot paramеtrlarining statistik baholari
Κάθετες και πλάγιες. Κάθετα και πλάγια τμήματα Έστω ευθεία ε και σημείο Α εκτός αυτής. ε Κ Β Α Από το Α διέρχεται μοναδική κάθετη. Έστω ζ μια άλλη ευθεία.
Οι μαθητές με σοβαρές αναπηρίες
ΤΟ ΝΕΟ ΓΥΜΝΑΣΙΟ ΠΔ 126/2016.
ΤΗΣ ΣΧΟΛΙΚΗΣ ΚΟΙΝΟΤΗΤΑΣ ΓΙΑ ΟΡΘΟΛΟΓΙΚΗ ΔΙΑΧΕΙΡΙΣΗ ΔΙΑΤΡΟΦΙΚΩΝ ΕΠΙΛΟΓΩΝ
Το ερώτημα "τι είναι επιστήμη;" δεν έχει νόημα χωρίς κάποιο χρονικό προσδιορισμό Όταν τις δεκαετίες του 80 και του 90 κατέρρεε το αποκαλούμενο ανατολικό.
ΑΠΟΤΕΛΕΣΜΑΤΑ ΕΡΩΤΗΜΑΤΟΛΟΓΙΟΥ
Σαρακηνοί Oι Σαρακηνοί ήταν ο λαός της Σαρακηνής Αυτοκρατορίας,
Περιοδικός Πίνακας Λιόντος Ιωάννης Lio.
Περιοδικός Πίνακας Λιόντος Ιωάννης Lio.
Ενημέρωση για αλλαγές στο Γυμνάσιο
Νερό Ετυμολογία της λέξης Παρουσίαση: Γκούμα Σταυρούλα
Επιμέλεια Τσάμης Δ. Ιωάννης Μαθηματικός
VIRUSLARGA KARShI VOSITALAR
Το ειδικό τέλος υπέρ ΟΤΑ, Πράσινου Ταμείου και καταναλωτών
Ανάληψη Υποχρέωσης (Π. Δ
Αντιμετώπιση Μαθησιακών Δυσκολιών στα Μαθηματικά
ΤΟΠΙΚΟ ΣΥΜΦΩΝΟ ΠΟΙΟΤΗΤΑΣ Α. Κουτσούρης
Οι αλλαγεΣ Στο ΓυμναΣιο
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ΒΕΛΤΙΩΣΗ ΤΩΝ ΜΑΘΗΣΙΑΚΩΝ ΕΠΙΤΕΥΓΜΑΤΩΝ ΣΤΙΣ ΦΥΣΙΚΕΣ ΕΠΙΣΤΗΜΕΣ: Η ΠΡΟΟΠΤΙΚΗ ΤΟΥ ΝΕΟΥ ΠΡΟΓΡΑΜΜΑΤΟΣ ΣΠΟΥΔΩΝ ΝΟΕΜΒΡΗΣ 2014.
ΓΙΑ ΤΗΝ ΕΤΑΙΡΙΚΗ ΔΙΑΚΥΒΕΡΝΗΣΗ
KIMYOVIY TERMODINAMIKA VA BIOENERGETIKA
Το ειδικό τέλος υπέρ ΟΤΑ, Πράσινου Ταμείου και καταναλωτών
Suvda eruvchi vitaminlarar
اعداد الأستاذ/ عبدالرؤوف أحمد يوسف
Αποτελέσματα έρευνας που πραγματοποιήθηκε στο σχολείο μας
A.NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI, FIZIKA FAKULTETI
iqtidorli talaba D.Muradova
Ιστορία 8η Σέρλοκ Χολμς.
Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi BRONXIAL ASTMA.
Ma’ruzachi: Hasanov G’. A.
Bul funksiyalar. Ahamiyati va ahamiyatsiz o’zgaruvchilar
Kinematikaning asosaiy tushunchalari.
19 – MA’RUZA. MAGNIT MAYDONI VA UNING XARAKTERISTIKALARI
Mavzu: Issiqlik effikti turlari
Sonli qatorlar.
Luqmonova Habibaning VIII sinf fizika fanidan
“JANUB BULBULI EKOLOGIYASINING O’ZIGA
MAVZU: HUJAYRA VA UNING TUZUVCHI: DOTS. D.TO`YCHIYEVA
ΝΟΜΟΣ ΥΠ' ΑΡΙΘΜ. 4495/17 (167 Α/ ) Έλεγχος και προστασία του Δομημένου Περιβάλ­λοντος και άλλες διατάξεις και αλλαγές με το ν.4513/18 (101 Α/2018)
ΣΥΓΚΕΝΤΡΩΣΗ ΠΡΟΕΔΡΩΝ Π.Φ.Σ. 5 ΜΑΡΤΙΟΥ 2018.
11ο γυμνάσιο ΕΝΗΜΕΡΩΣΗ ΓΟΝΕΩΝ – ΚΗΔΕΜΟΝΩΝ Α΄ΤΑΞΗΣ …στη μεγαλύτερη βαθμίδα! … μεγαλύτερες απαιτήσεις! …νάτην και η εφηβεία!!
Mavzu: Arifmetik progressiya .
RADIOKIMYO.
§14. Перпендикуляр және көлбеу. §15. Үш перпендикуляр туралы теорема
Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklari kafedrasi GIPERTONIYA KASALLIGI.
Davolash fakultetining fakultet va gospital terapiya, tibbiy profilaktika fakultetining ichki kasalliklar kafedrasi. GLOMERULONEFRITLAR.
Chekli va cheksiz to‘plamlar. To‘plamning quvvati va kardinal sonlar
Mantiq qonunlari. Mantiq funksiyalari uchun chinlik jadvali tuzish.
ΕΑΠ – ΠΛΗ24 1η ΟΣΣ.
Ποιοι είναι οι γαμέτες σε κάθε περίπτωση ;
Ma’ruza - 1 Mavzu: Bioreologiya.
Мероприятие, посвященное восстанию студентов
“ХХІ ғасыр өскіндері” интеллектуальдық сайыс 5-6 сынып
Екі векторды векторлық көбейту
Charm mo`yna va charm buyumlari materilshunoslii
OZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI   JIZZAX POLITЕXNIKA INSTITUTI “UMF” kafеdrasi.
Σύντομος οδηγός υποψηφίου δημάρχου/δημοτικού συμβούλου
Σύντομος οδηγός υποψηφίου δημάρχου/δημοτικού συμβούλου
Σύντομος οδηγός υποψηφίου συμβούλου/προέδρου κοινότητας
Σύντομος οδηγός υποψηφίου δημάρχου/δημοτικού συμβούλου
O‘QUV YILIDA FIZIKA FANIDAN AVGUST KENGASHLARI SHO‘BA YIG‘ILISHLARIGA
7η ΕΞΕΙΔΙΚΕΥΣΗ ΕΦΑΡΜΟΓΗΣ ΤΟΥ ΕΠ - ΥΜΕΠΕΡΑΑ
Μεταγράφημα παρουσίασης:

Mavzu : Chizma geometriya masalalarni yechishda texnik vositalar va pedagogik texnologiyalardan foydalanish BAJARDI: G.HAMROYEVA ILMIY RAHBAR: T.R.SOBIROV

REJA: Kirish I Bob. Chizma geometriya fanida metrik va pozitsion masalalar tizimi va ularning ahamiyati. 1.1§ Chizma geometriyada metrik va pozitsion masalalar va ularning bajarish algoritmlari. 1.2§ Talabalarning fazoviy tasavurini va ijodiy qobiliyatini shakllantirishda pedagogik va psixologik asoslar. II Bob. Chizma geometriyada masalalar bajarishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish. 2.1§ Ta`limda pedagogik texnologiya tushunchasi.  2.2§ Chizma geometriyada texnik vosiyalardan foydalanib dars o`tishning ahamiyati haqida  Xulosa.  Adabiyotlar ro`yxati.

Mavzusining dolzarbligi: Hozirgi texnika va texnologiyalarning rivojlanib borishi davrida fanlarni o`qitishning sifat va samaradorligini oshirish maksadida pedagogik texnologiyalardan axborot komunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Chizma geometriya fanini urganishda xam masalalarning fazoviy xolatlarini ularning epyurda yechilishini tasvirlashda inson tasavvurida xosil buladigan jarayonlarni multimediyalar va «animatsiyalar» yordamida tasvirlanishi katta axamiyatga ega fanni bunday zamonaviy texnik vositalardan foydalanib ukitish uzining ijobiy natijalarini beradi.

Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari; Chizma geometriya va chizmachilik fanini o`qitishda talaba va o`quvchilarning qiziqishini oshirish, o`qitish sifatini yaxshilash, inson fazoviy tasavvurini oshirishda xizmat qilinishini ta'minlash. Mavzuning o'rganilish darajasining qiyosiy tahlili; Chizma geometriya fanini o`rganishda algaritmlarni qo`llab yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasini o`tgan asrning oxirlarida rus olimlaridan S.A. Fralov, V.A. Osipovlar ilgari surib chiqgan edilar.Ular bu boradagi fkir mulohazalarini o`zlari yaratgan o`quv adabiyotlarda ko`rsatib o`tganlar. Lekin hozirda Buxoro davlat universitetida Chizma gometriya va chizmachilik kafedrasida professor J.Yo. Yodgorov boshchiligida bu borada qilingan bir qator ishlar diqqatga sazovordir. Ayniqsa Chizma geometriya, mashinasozlik fanlaridan yaratilgan elektron darsliklar talabalanifani o`zlashtirishiga ijobiy ta'sirini o`tkazmoqda.

Tadqiqotning ilmiy yangiligi; Chizma geometriya fanida tasavvur qilish, inson ko`z oldida jaryonni shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi o`z isbotini o`tkazilgan tadqiqotlarda topmoqda. Hozirgacha bunday tadqiqotlar umumta'lim o`rta maktablari, akadmik litsey, kasb hunar kolejlari o`qituvchilari tomonidan o`rganilgangligi hech bir joyda e'tirof etilmagan Tadqiqot predmeti va ob'ekti; Tadqiqot Buxoro davlat universitetida Chizma geometriya va chizmachilik kafedrasida joriy qilingan pedagogik texnologiyalar, yaratilgan elaktron darsliklar, o`quv uslubiy majmualardagi slaydlar va boshqa materillar asosida o`rganildi, tahlil qilindi va ma'lum xulosalarga kelindi.

1.1.§ Chizma geometriyada metrik va pozitsion masalalar va ularning bajarish algoritmlari. Pozitsion va metrik masalalar. Chizma geometriyada umumiy geometriyaning bir shaxobchasi bo`lib narsalarni tasvirlash usullari yordamida ularning shakllari,o`lchamlari va o`zaro joylashishlariga tegishli pozitsion va metrik masalalarni yechishni o`rganadi. Chizma geometriyada matematika fanlari bilan uzviy bog`liq bo`lib , umumtexnika fanlaridan hisoblanadi chizma geometriyada geometriyalardan o`zining asosiy usuli ya`ni tasvirlash usuli bilan farq qiladi. Tasvirlash usullari yordamida o`quvchining fazoviy tasavvurini kengaytiradi. Tasvirlarni yasash va oldindan yasalgan tasvirlarni o`qiy bilish hamda avaliyotdagi turli muhandislik masalalarni yechishga yordam beradi.  Muhandislik grafikasida ikki asosiy masala ko‘rib chiqiladi: pozitsion va metrik. Metrik va Pozitsion masalalar Metrik masalalarda geametrik jisimlar orasidagi masofalar bilan bog`liq masalalar yechiladi masalan : nuqtadan to`g`ri chiziqgacha bo`lgan eng qisqa masofa aniqlansin, yoki ikki to`g`ri chiziq orasidagi eng qisqa masofa aniqlansin, shuningdek nuqtadan tekislikgacha bo`lgan masofa aniqlansin bu kabi masalalar bo`lgan, masofa bilan bog`liq bo`lgani uchun ham metric masalalar deyiladi.

Nuqta va to‘g‘ri chiziq. Nuqta to‘g‘ri chiziqqa tegishli bo‘lishi yoki tegishli bo‘lmasligi mumkin. Bu masalani yechish uchun to‘g‘ri chiziq va nuqtaning proeksiyalari tahlil qilinishi yetarli bo‘ladi, ya’ni nuqtaning bir nomli proeksiyalari to‘g‘ri chiziqning bir nomli proeksiyalarida yotgan bo‘lsa, nuqta to‘g‘ri chiziqqa tegishli va, aksincha, nuqtaning biror proeksiyasi to‘g‘ri chiziqning proeksiyalaridan birortasiga tegishli bo‘lmasa, nuqta to‘g‘ri chiziqqa tegishli emas. 1.a-shakldagi chizmada A nuqtaning (A­1,A2) proeksiyalari mos ravishda l to‘g‘ri chiziqning (l­1, l2) proeksiyalariga tegishli. Shuning uchun A nuqta l to‘g‘ri chiziqqa tegishlidir.

1-shakl

Chizma geometriyada metrik va pozitsion masalalar va ularning bajarish algoritmlari. Yordamchi proyeksiyalash usuli.Yordamchi proyeksiyalash usuli ikki xil bo`ladi: markaziy va parallel. Bu usulning amaliy ahamiyati shundan iboratki, uni qo`llash bilan echilishi bir necha amallardan iborat bo`lgan masalaning echimiga bitta amal bilan erishiladi. Bu usulni O`zbekistonda (1926-1944) yashab faoliyat ko`rsatgan taniqli olim S.M.Kolotov (1880-1965) taklif qilgan1). Markaziy yordamchi proyeksiyalash usuli perspektivada, parallel proyeksiyalashdan chizma geometriyada pozitsion va metrik masalalar echishda qo`llaniladi. Bu usulda fazoda berilgan geometrik elementlar qo`zg’almas deb qaraladi va proyeksiyalash yangi tanlangan tekislikka qiyshiq yoki to`g’ri burchakli proyeksiyalash bilan almashtiriladi. Bunda yangi proyeksiyalash yo`nalishi va proyeksiya tekisligi chizmada berilgan masalaning shartiga muvofiq qulay vaziyatda tanlanadi. Agar tanlangan tekislik asosiy proyeksiya tekisliklaridan biriga perpendikulyar vaziyatda olinsa va proyeksiyalash to`g’ri burchakli bo`lsa, u holda bunday proyeksiyalash yordamchi proyeksiyalash usulining xususiy holi ya`ni proyeksiyalar tekisliklarini almashtirish usuli bo`ladi.

Epyurni qayta tuzish usullari haqida umumiy ma`lumot. Ma`lumki, to`g`ri chiziq kesmasi, tekis shakl, burchak va bir tekislikda yotgan boshqa o`lchovlar proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel bo`lsa, ularning shu tekislikdagi to`g`ri burchakli proyeksiyalari asliga teng bo`ladi. Masalan, birorta ABC uchburchak gorizontal proyeksiyalar tetekitekisligiga parallel bo`lsa uning gorizontal proyeksiyasi o`ziga teng (Δabc ≡ΔABC), frontal proyeksiyasi OX proyeksiyalar o`qiga parallel to`g`ri chiziq kesmasi tarzida bo`ladi. Bunday xususiy holda berilgan proyeksiyalar qulay holdagi proyeksiyalar deyiladi.Agar ABC uchburchak proyeksiyalar tekisligiga og`ma bo`lsa, uning shu tekislikdagi proyeksiyasi o`zidan kichik bo`ladi. Bunday proyeksiyalar noqulay (umumiy holdagi) proyeksiyalar deyiladi. Geometrik elementlarning yoki narsalarning umumiy holda berilgan proyeksiyalaridan foydalanib, ularga oid masalalarni yechish, ko`pincha qiyin ko`chadi. Shuning uchun ko`p metrik va pozision masalalarni yechishda geometrik elementlarning asosiy H va V tekisliklarda berilgan noqulay proyeksiyalaridan foydalanilib, ularning xususiy holdagi qulay proyeksiyalari tuzilsa, masalalar osonroq yechiladi.

Proyeksiya tekisliklarini almashtirish usullari 1-shakl

Frontal proyeksiyalar tekisligini almashtirish 2-shakl,

Gorizontal proyeksiyalar tekisligini almashtirish

3-shakl

Proyeksiya tekisliklarining ikkalasini ketma – ket almashtirish Proyeksiya tekisliklarining ikkalasini ketma – ket almashtirish. (4-shakl)

Proyeksiya tekisliklarini almashtirish usuli bilan echiladigan asosiy masalalar.

O`q atrofida aylantirish usuli Asosiy ma`lumot va qoidalar Aylantirish usulida proyeksiya tekisliklari qo`zg`almaydi, proyeksiyalanayotgan shakl yoki jism talabga muofiq vaziyatga kelguncha fazoda aylantiriladi. Aylantirish usulida shaklning oldingi (berilgan) proyeksiyalari bo`yicha yasash yo`llari o`rganiladi. Proyeksiyalanayotgan ob`yekt fazoda hamma vaqt birorta to`g`ri chiziq (o`q) atrofida aylantiriladi. 9-shakl A nuqtani JJ to`g`ri chiziq atrofida aylantirish sxemasi tasvirlangan. JJ to`g`ri chiziq aylantirish o`qi deyiladi. A nuqtadan o`qqacha bo`lgan qisqa R masofa A nuqtaning aylantirish radiusi deb, O nuqta aylantirish markazi deb, nuqtaning aylanishidan hosil bo`lgan chiziq aylantirish aylanasi deb, uning tekisligi Q esa nuqtaning aylantirish tekisligi deb ataladi, A nuqtaning oldingi o`rni , A1 nuqta nuqtaning aylantirilgandan keying o`rni, AOA1 burchak nuqtaning aylantirish burchagi deyiladi.

9-shakl

Proyeksiyalar tekisligiga perpendikulyar o`q atrofida aylantirish. Nuqtani aylantirish. Har qanday shaklning asosiy elementi nuqta, shuning uchun aylantirishni nuqtadan boshlaymiz va aylanish prosessida nuqta proyeksiyalarning qanday harakat qilishini ko`rib chiqamiz. 10-shaklda A nuqtani V tekislikka perpendikulyar o`q (JJ) atrofida aylantirish tasvirlangan. Nuqta o`q atrofida radius R=AO bo`lgan aylana bo`yicha harakat qiladi. Bu aylananing tekisligi Q┴JJ, shuning uchun aylananing frontal proyeksiyasi o`ziga teng, gorizontal proyeksiyasi OX proyeksiyalar o`qiga parallel to`g`ri chiziq kesmasi bo`ladi va u Q tekislikning gorizontal iziga tushadi. Agar A nuqta φ burchakka aylantirilib, yangi A1 vaziyatga keltirilsa, uning frontal proyeksiyasi (a`) ham o`sha φ burchakka aylanib, a1 nuqtaga, gorizontal proyeksiyasi esa a dan a1 nuqtaga keladi. 10-shaklning o`ng tomonida A nuqta proyeksiyalarning epyurda harakat qilish ko`rsatilgan.

10-shakl

Tekislik o`z izlaridan biri atrofida aylantirish. Izlari bilan berilgan tekislikda yasashga doir masalalarni yechish yoki tekislikda yotgan shakllarning haqiqiy ko`rinishlarini yasash uchun, berilgan tekislikni uning izlaridan biri atrofida aylantirib, o`sha izi yotgan proyeksiyalar tekisligi bilan ustma-ust tushurish (jipslashtirish) qulaydir. Tekislikning gorizontal izi uning gorizontalaridan biri (xususiy vaziyatdagi gorizontali), frontal izi esa xususiy vaziyatdagi frontali bo`lgani uchun, bu aylantirish yuqoridagi tekislikni o`z gorizontali yoki frontali atrofida aylantirishdan (19-shakldan) hech qanday prisipial farqi yoq.

19-shakl

Tekis-parallel harakatlantirish usuli Qattiq jismning hamma nuqtalarini fazoda o`zaro parallel bo`lgan tekisliklarda yotgan tekis trayektoriyalar bo`yicvha harakat qilishi jismning tekis-paralel harakati deyiladi. Bunday harakatni hamma vaqt trayektoriyalar tekisligida sodir bo`layotgan siljish va burilish deb qarash mumkin. Shaklning o`q atrofida aylantirilishi tekis-paralel harakatga oddiy misol bo`la oladi. Bunda nuqtalar ayalntirish o`qiga perpendikulyar, binobarin, o`zaro parallel tekisliklarda ayalnalar chizadi. Demak, ayalntirish usulini bu tekis parallel harakat usulining xususiy holi deb qarash mumkin.

1.2§ Talabalarning fazoviy tasavurini va ijodiy qobiliyatini shallantirishda pedagogik va psixologik asoslar. Hozirgi zamon darsidan ko’zlangan asosiy maqsadlardan biri o’quvchilarni ijodiy fikr yuritishga o’rgatishdan iboratdir. O’qitish metodikasini takomillashtirish muammolari o’qitishiing eng samarali ish metodi va usullarini sinchiklab tanlash, o’quvchilarning fikrlash faoliyatini faollashtirish va o’quvchilarda chizmalarni o’qish va bajarish jarayonida fazoviy tasavvurlar hosil qilish bilan bog`liqdir. O’quvchilarning grafikaviy tayyorgarligining takomillashuvi so’nggi yillarda olg`an surilgan ilg`or g`oyalar asosida ta`limni qayta qurishning qanchalik tez va muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga bog`liqdir. Maktablarimizda hozir yangi dastur yaratildi, darsni yaratish ustida olimlar ish olib bormoqdalar. endi esa o’qitish metodini takomillashtirish asosiy masalalaridan biridir. Bu yo’nalishdagi izlanishlarning zarurligi, birinchidan zamon darsiga, o’qituvchilarning ilmiy metodik tayyorgorligiga bo’lgan talablarning ortib borganligidan bo’lsa, ikkinchidagi so’nggi yillarda metodikada erishilgan yangiliklarni didaktik nuqtai nazardan o’qituvchilarning baholay olishiga bo’lgan talabning ortib borishidir.

1930 yilda chizmachilik bo’yicha yangi dastur ishlab chiqildi, bunda o’quvchilarning grafik tayyorgarligini yaxshilash yo’lida qo’yilgan muhim qadam bo’ldi. 1932 yildan boshlab chizmachilik mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Ishlab chiqarishning o’sishi munosabati bilan 1945-53 yillardagi dasturlar o’z mazmuni va yo’nalishi bo’yicha oldingi yillardagi dasturlardan tubdan farq qildi. 1954 yilda chizmachilik bo’yicha tasdiqlangan dastur, chizmachilik fanini amalda o’rganishga imkoniyatlar yaratdi, shu yildan boshlab chizmachilik fani mustaqil fan bo’lib, uning o’rni etuklik attestatida kamol topdi, (ya`ni uning bahosi etuklik attestatida qo’yiladigan bo’ldi). Bu yillardan boshlab chizmachilik fani o’rta maktabda 7. 8, 9 va 10 sinflarda mustaqil fan sifatida o’qitila boshlandi. CHizmalarni rivojlanish tarixini plakatlar qiziqarli qilib bajarib berish lozim, chizmalar eng zarur tasvirlar hisoblanadi; bizning zamonimizda chizmalar, binolar, gidrotexnikaviy inshootlar, mashina yoki mexanizmlarning katta-kichik detallarini ham tayyorlb bo’lmaydi, shuning uchun ham chizma “texnika tili” deb bejiz aytilmagan.

II Bob. Chizma geometriyada masalalar bajarishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish. Milliy istiqlol g’oyasiga sodiq, yetarli intelektual salohiyatga ega, ilm-fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushoxada yurita oladigan shaxslarni tarbiyalash hamda raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasi o’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratishni talab kilmoqda. Mafkuraviy hamda mazmun va mohiyati jixatdan eskirgan, to’liq an’anaviy (bosma) usulda nashr etilayotgan darsliklarning ma’lum qismi yangi ta’lim tizimining talab va ehtiyojlariga javob berolmay qoldi. O’quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish, ularni tayyorlash borasidagi ilmiy-uslubiy, tashkiliy (shu jumladan lotin alifbosiga o’tish) va moliyaviy masalalarni hal qilish, uzluksiz ta’lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi maqsadlariga erishishni ta’minlashga qaratilgan choralarni ishlab chiqishni talab qiladi.

Animatsion tasvirlar talaba diqqat markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; - o‘quvchini yuqori darajada rag‘batlantirilishi; - ilgari ortirilgan bilimni ham e’tiborga olinishi; - o‘qish shiddatini o‘quvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi. - o‘quvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi; - amalda bajarish orqali o‘rganilishi; - ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi; - o‘qishni sog‘lom muhitda saqlab qolinishi; - o‘qituvching yengillik yaratib beruvchi shaxsga aylanishi. Talaba butun jarayon davomida ishtirok etadi. Shu sababdan, talabaning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun yetarli darajada talabalar ishtiroki va amaliyoti mavjud bo‘ladi.

2.1§ Ta`limda pedagogik texnologiya tushunchasi. CHizma geometriyada pedagogik texnologiya - barcha boshkariluvchi tashkiliy kismlar va ularning boglikligini taxlil kilish, tanlash, loyixalash va nazorat kilish yuli bilan pedagogik samaradorlikni yukori darajaga kutarish xamda bu borada tizimli yondashuvni joriy etishni ifodalaydi. CHizma geometriyada pedagogik texnologiya (PT) -shunday bilimlar soxasiki, ular yordamida XXI asrda davlatimizda ta`lim soxasida tub burilishlar yuz beradi, ukituvchi faoliyati yangilanadi, talaba-yoshlarda xurfikrlilik, bilimga chankoklik, Vatanga mexr-muxabbat, insonparvarlik tuygulari tizimli ravishda shakllanadi. Ma`lumotlilik asosida yotuvchi bosh goya xam tabiat va inson uzviyligini anglab etadigan, avtoretar va soxta tafakkurlash usulidan voz kechgan sabr bardosh- li, kanoatli, uzgalar fikrini xurmatlaydigan, milliy madaniy va umuminsoniy kadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishni kuzda tutgan insonparvarlik xisoblanadi.

CHizma geometriyada PT ga “yangi” suzini kushib kullanilishi-bu ta`lim- tarbiya jarayonini loyixalashga eskicha yondashish mumkin emasligini kursatadi. Demak, savol tugiladi “yangi PT” nimani anglatadi? SHaxsni shakllantirish maksadini anik belgilab oladi va shunga mos xolda ma`lum pedagogik tizim (maktab, kollej, oliy ukuv yurti) mavjud buladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma uz ta`sirini va ta`lim - tarbiya maksadini umumiy xolda belgilab beradi. “Maksad” esa uz navbatida pedagogik tizimning kolgan elementlarini yangilash zaruratini keltirib chikaradi. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi ta`lim-tarbiyaning maksadini yangi yunalishga buradi: “utmishdan kolgan mafkuraviy karashlar va sakitlar dan tula xolos bulgan, rivojlangan demokratik davlat darajasida yuksak ma`naviy va axlokiy talabalarga javob beradigan yukori malakali kadrlar tayyorlash”- deb belgilanadi. Demak, ta`lim - tarbiyaning maksadi butunlay yangilanadi, unga mos xolda mazmun xam, pedagogik jarayon xam yangilanish ruy bermokda, bunday yangi texnologiyalar kirib kelmokda. YAngi metodikalarni talab etadigan va unga uzining ma`lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli poligrafik, audiovizual vositalar mavjudki, ular yangi CHizma geometriyada PT ni real vokelikka aylantiradi.

§ 2.2 CHizma geometriyada texnik vositalardan foydalanib, dars o’tishning axamiyati xaqida. Uzbekistonda ta`lim samaradorligini oshirish va rivojlantirishda CHizma geometriya pedagogik texnologiyalarni axamiyati.Pedagogika fani ta`lim jarayoning ikki tomonlama xususiyatiga ega ekanligi ukuvchi tomonidan bajariladigan ukuv faoliyati va ukituvchining urgatuvchanlik faoliyati yigindisi didaktik jarayoni ekanligiga asoslanib berilgan. Prezident Islom Karimov “Ta`lim Uzbekiston xalk ma`naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. Usib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon buladi, kasb - kori, maxorati uzliksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasini anglab olinadi va yosh avlodga utadi”- deb, ta`lim tushunchasi milliy nuktai nazaridan ta`rif berilgan. YUrtboshimiz tomonidan ta`limning yangi modeliga asosan solindi va uning kelajak istikbollari ilmiy asoslab berildi. Ta`limning yangi modelini amaliyotga tadbik etish ukuv jarayonini texnogiya bilan boglikdir. Jumladan, xozirgi kunda barcha soxalarda yangi texnologiyalarni joriy etilishini xayotning uzi, ilmiy-texnikaviy tarakkiyot talab etmokda. SHuning uchun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida “Ukuv - tarbiyaviy jarayonini ilgor pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash” uning 2- va 3 - boskichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilangan. Tabiiy savol tugiladi: Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tadbik etish zarurati tug`ildi? Bu omil mamlakatimizning ijtimoiy siyosatini belilab berganligi tufayli ta`limning yangi modeli yaratildi.

Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan modelning amalga oshirish bilan jamiyatimizning xayotida ruy berish kutilayotgan “Portlash effekti” ijobiy natijalar ruyrost kursatib berildi: - ijtimoiy - siyosiy iklimga ijobiy ta`sir kiladi va natijada mamlakatimizdagi mavjud muxit butunlay uzgaradi: - insonning xayotidan uz urnini topish jarayoni tezlashadi: - jamiyatda mustakil fikrlovchi erkin SHaxsning shakllanishiga olib keladi: - jamiyatimizning potentsial kuchlarini ruyobga chikarishda juda katta axamiyat kasb etadi: -fukarolik jamiyatini kurishni ta`minlaydi, model vositasida dunyoda munosib urin olishga, uzbek nomini yanada yoyib tarannum etishga erishiladi. Prezidentimiz tomonidan kursatib berilgan “portlash effekti” sari shijoat bilan kadam tash-lash, bu yulda uchraydigan kiyinchiliklarni bos- kichma- boskich va izchil xal etish masalalari nafakat pedagogik nazariyoti va amaliyotlarini junbushga keltiradi, balki, jamiyatimizni tulik pedagoglashtirish muammosini ijtimoiy buyurtma sifatida keltirib chikaradi. Demak, jamiyatimizning xar bir fukarosini tarbiyashunoslik asoslari bilan tanishtirish, yosh avlodni barkamol inson kilib voyaga etkazish jarayoni yangi pedagogik “kurol” va vositalar bilan ta`minlash davr takazosidir.

Xulosa. Ma`lumki chizma geometriya umumiy geometriyaning maxsus bo`limi bo`lib uning asosiy vazifasi fazodagi jizmlarni tekislikka tasvirlash va tasvir (chizma)da metric pozitsion masalalarni geometric qonun qoidalar asosida yechish ularni o`rgatishdan iborat. Chizma geometriya fanida nuqtali proyeksiyadan keying bo`limda umumiy vaziyatdagi to`g`ri chiziqning haqiqiy kattaligini topish yo`li uchburchakli usullar bilan topiladi. Geometric obraz chizmalarni qayta tuzish usullari chizma geometriya faning o`rganadigan mavzularidan iborat bo`lib, bunda asosan umumiy vaziyatdagi to`g`ri chiziqni haqiqiy kattaligini toppish, bir necha usullar yordamida topiladi. Yuqorida aytilgan chizma geometriya fanida murakkab masalalar orqali yechiladigan metric pozitsion masalalar yani jismning haqiqiy kettaligini topishda yangi proyeksiyasini topishga xizmat qiladi. Geometric shakllarni umumiydan xususiy vaziyatga keltirish uchun orthogonal proyeksiyalarni qayta tuzish uch usulda bajariladi. Geometric shaklni fazoda harakatlantirib proyeksiya tekisligiga nisbatan xususiy vaziyatga keltirish tekis parallel harakatlantirish usuli. Proyeksiyalanuvchi shaklda ularga qulay holda kelguncha biror o`q atrofida aylantirish usuli. Geometric shaklning fazoviy vaziyatini o`zgartirmasdan va xususiy vaziyatga kelgunga qadar proyeksiya tekisliklarni almashtirish usullaridan foydaniladi.

Bu jarayonlar chizma geometriya fanini o’rganishda quyidagi afzalliklarga ega. CHizma geometriya masalalarini echishda insonning fazoviy tasavvur qilish qobiliyatini kuchaytiradi. Masalalarni echish jarayonidagi animatsiyalar bevosita ekranda shakillanadi. Halqimizda aytilgan “100 marta eshitgandan ko’ra 1 marta ko’rgan yaxshi” degan maqolga javob bo’ladi. Mavzularni o’rgatishda va o’rganishda ajratiladigan vaqt tejaladi. Turli manbalardan foydalanish imkoniyati kengaydi. Provard natidaja fanni kuchaytirish koefetsenti oshadi. Talabaning kompyutertexnologiyalardan foydalanib oldiga qo’yilgan boshqa bilimlarini egallash ishtiyoqini oshirish. Talabaning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.

E`tiboringiz uchun raxmat!